Январь 14, 2012
Убай ибн Каъб розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Эй Абу Мунзир, Аллоҳнинг китобидаги энг улуғ оят қайси эканини биласанми?» дедилар. «Аллоҳ ва Унинг Расули аълам» дедим. «Эй Абу Мунзир, Аллоҳнинг китобидаги энг улуғ оят қайси эканини биласанми?» дедилар.«Аллоҳу лаа илаҳа иллаа ҳуу ал-Ҳайюл Қой-йум», дедим. Шунда у зот кўксимга уриб: «Аллоҳга қасамки, сенга илм муборак бўлсин, эй Абу Мунзир», дедилар». (Муслим ва Абу Довуд ривоят қилишган.)
Имом Насаий Абу Умомадан ривоят қилган ҳадисда Пайғамбаримиз (с.а.в): «Ким ҳар фарз намоздан кейин «Оятул Курсий»ни ўқиса, унинг жаннатга киришини фақат ўлим тўсиб туради, холос», деганлар.
Шарҳ: Яъни, ўлмагани учун жаннатга кирмайди, агар вафот этса, уни жаннатдан тўсадиган ҳеч нарса қолмайди, дегани.
730 50
206,480 просмотров
Alloh roziligi uchun hamma musulmon birodarlarimizdan ushbu lavhani ko'rishlarini iltimos qilaman.InshaAlloh savob olasizlar degan umiddaman.
3083 136
452 22
Savol: Tug'ilgan kunni nishonlasa bo'ladimi? Muhammadrasul.
Islomiy shari'atda tug'ilgan kunni nishonlashga ruxsat bormi?
Imom Obidxon qori javob beradilar.
Also Watch: Birthday Celebrations by Imaam Anwar Al Awlaki
http://www.youtube.com/watch?v=ddgFvlKOr4A
Туғилган кунни нишонласа бўладими?
Имом Обидхон қори
Савол: Туғилган кунни нишонласа бўладими? Муҳаммадрасул.
www.islomovozi.info
430 45
Onasini horlagan farzand hakida
Онасини хорлаган фарзанд хакида
729 44
Sakson uch oyatdan tashkil topgan bu sura ham Makkada nozil bo'lgandir.
U Qur'oni Karimga qasam-la Muhammad alayhis-salomning haq payg'ambar ekanliklarini tasdiqlash bilan boshlanib, so'ngra u Zotni yolg'onchi qilgan Quraysh kofirlari va ularning topajak oqibatlari haqida xabar beradi.
Bu surada Alloh taoloning Antokiya shahriga yuborgan elchilari va shahar ahli ularni yolg'onchi qilganlari sababli halokatga duchor bo'lganlari to'g'risida hamda o'sha yerdagi iymon keltirganligi sharofatidan Allohning marhamatiga sazovor bo'lgan Habib an-Najjor ismli bir solih banda haqida hikoya qilinadi.
Yana bu surada o'quvchi e'tibori kecha bilan kunduzning almashib turishidagi; oy va quyoshdek buyuk sayyoralarning biron soniya tinim bilmasdan o'z fazolarida o'ta nozik intizom bilan aylanib turishlaridagi Yaratganning qudratiga dalolat qiladigan jihatlarga qaratiladi.
Bu surada iymon va taqvo ahli uchun hozirlab qo'yilgan jannat manzaralari nihoyatda jonli lavhalarda chizib beriladi va kofirlarning tillar soqov bo'lib, qo'llar tilga kiradigan, oyoqlar guvohlik beradigan qiyomat kunidagi ahvollari butun dahshati bilan bayon qilinadi.
Sura o'zining ilk oyati «Yosin» nomi bilan atalgan bo'lib, uning Qur'oni Karimda tutgan o'rni — martabasi haqida payg'ambar alayhis-salomdan mana shunday hadisi sharif rivoyat qilingandir. U zot: «Albatta har bir narsaning qalbi bordir. Qur'onning qalbi «Yosin»dir. Men bu surani ummatimdan har kishining qalbida bo'lishini istar edim» degan ekanlar.
3500 467